19:23 / 10.12.2017
7 018

Diqqat!!! Shaxram G‘iyosov ham professional boksda...

Diqqat!!! Shaxram G‘iyosov ham professional boksda...
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shaxram G‘iyosov havaskorlar boksini tark etib, professional boksga o‘tganini ma’lum qildi. Bokschimiz professional ringda yangi marralarni zabt etish uchun AQShga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Shaxram o‘tgan yili 69 kg vazn toifasida Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

U shuningdek, joriy yilning may oyida Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati hamda sentyabr oyida Germaniyaning Gamburg shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Bundan tashqari 2015 yili yoshlar o‘rtasida Yakutsk shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham oltin medal bilan taqdirlangan. U yana boks bo‘yicha qator milliy va xalqaro turnirlarda g‘olib hamda sovrindorlar qatoridan o‘rin egallab kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diqqat!!! Shaxram G‘iyosov ham professional boksda...