23:30 / 10.12.2017
5 655

Sardor Rashidov jamoasi klublar o‘rtasidagi JCh yarim finalida «Real» bilan o‘ynaydi

Sardor Rashidov jamoasi klublar o‘rtasidagi JCh yarim finalida «Real» bilan o‘ynaydi
BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida mezbon «Al-Jazira» OChL-2017 g‘olibi «Urava Red Daymonds» bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etilib, mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona golga Ali Ahmad Mabhut mualliflik qildi. UShbu uchrashuvda hamyurtimiz Sardor Rashidov zaxirada qoldirildi.

Shu tariqa, «Al-Jazira» jamoasi JCh yarim finaliga yo‘l oldi va 13 dekabr kuni Madridning «Real» klubiga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim finalda esa Meksikaning «Pachuka» va Braziliyaning «Gremio» klublari o‘zaro to‘qnash keladilar.

Klublar o‘rtasidagi JCh

Al-Jazira (BAA) – Urava Red Daymonds (Yaponiya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 52 Mabhut.

Al-Jazira – Hasif, Fares Juma, Ayed (Halfan, 90), Fayoz, Umar (Al-Otayba, 89), Yusuf (Al-G‘iloni, 84), Rashid, Abdulla, Bussufa, Mabxut, Romarino.
Urava Red Daymonds – Nicikava, Ugadzin, Makino, Endo (Morivaki, 72), Kasivagi, Abe, Yadzima (Lyubiyankich, 76), Aoki, Rafael Silva, Koroki, Muto (Takagi, 67).

Ogohlantirishlar: Makino (42), Rashid (56), Muto (62), Yusef (64).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov jamoasi klublar o‘rtasidagi JCh yarim finalida «Real» bilan o‘ynaydi