09:58 / 11.12.2017
5 373

«Manchester Siti» APLda yangi rekord o‘rnatdi

«Manchester Siti» APLda yangi rekord o‘rnatdi
Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasida turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Manchester derbisi Xosep Gvardiola jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» APLda g‘alabali seriyasini 14 uchrashuvga yetkazdi. Endi Xosep Gvardiola jamoasi APLning bir mavsumidagi g‘alabali seriya rekordini yangiladi. Bungacha bir mavsumda qatorasiga 13 g‘alaba «Arsenal» (2001/02 yilgi mavsum) va «Chelsi» (2016/17) tomonidan qayd etilgandi.

«Arsenal» 2001/02 yilgi mavsumning oxirgi 13 o‘yinida qatorasiga 13 g‘alabaga erishgandi, keyingi mavsumning birinchi turida ham g‘alaba qozongach, bu seriya 14 o‘yinga yetkazilgandi. «Siti» bu natijani takrorladi.

Derbidagi g‘alabadan keyin «Manchester Siti» turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi bo‘lib turgan «Manchester Yunayted» bilan oradagi farqni 11 ochkoga yetkazgan.

Joriy mavsumning 16 turida «Manchester Siti» 15 g‘alabaga erishib, bir durang qayd etdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» APLda yangi rekord o‘rnatdi