10:05 / 11.12.2017
4 870

Mourino Gvardiolaga taslim bo‘ldi

Mourino Gvardiolaga taslim bo‘ldi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatining 16-turida «Manchester Siti»ga qarshi mag‘lubiyatli uchrashuvdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi. «Old Trafford»da kechgan derbi Xosep Gvardiola shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Birinchi reaksiya — afsuski referi Maykl Oliverga, chunki u o‘yinni yaxshi o‘tkazdiyu, muhim vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning xatosi natijaga ta’sir qildi, u penalti belgilaganida hisob hali o‘yin yakuniga qadar 20 daqiqa borligida 2:2 ko‘rinishiga kelishi mumkin edi. Maykl yaqqol penaltini ko‘rmadi.

Endi chempionlik poygasi yakunlandimi? Menimcha ha. «Manchester Siti» — juda kuchli jamoa va ular yuqori formada. Futbol ilohlari «Siti»ni qo‘llamoqda», — degan Mourino.

Derbidagi g‘alabadan keyin «Manchester Siti» turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi bo‘lib turgan «Manchester Yunayted» bilan oradagi farqni 11 ochkoga yetkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Gvardiolaga taslim bo‘ldi