21:19 / 13.12.2017
5 457

O‘zbekiston MTJ JCh-2018 ning yana bir ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston MTJ JCh-2018 ning yana bir ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning 27 mart kuni Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi xabar qilingandi.

O‘FF tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida, milliy terma jamoamiz Eron terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi borasida kelishuvga erishildi. Uchrashuv 2018 yilning 18 may kuni Eronda bo‘lib o‘tadi, deya ma’lum qilinmoqda tashkilot rasmiy saytida.

Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi JCh saralashida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olib, vakillarimizga qarshi uchrashuvlarda 1:0 va 2:0 hisobida g‘alaba qozongan va birinchilardan bo‘lib JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Umuman olganda, Eron terma jamoasi JCh saralashining so‘nggi bosqichida 10ta uchrashuvda 6ta g‘alabaga erishib, 4ta o‘yinda durang qayd etgan. Biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Raqiblar darvozasiga 10ta gol kiritib, o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i 2ta gol o‘tkazib yuborgan.

Tajribali Karlush Keyrush boshchiligidagi Eron terma jamoasi so‘nggi yillardagi mundiallarning doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.

Eron milliy terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini orqali Jahon chempionatiga so‘nggi tayyorgarlikni olib boradi. JCh-2018 uchrashuvlari 14 iyun kuni boshlanadi. Eron terma jamoasi Jahon chempionatida "B" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Portugaliya, Ispaniya va Marokash terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ JCh-2018 ning yana bir ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi