21:41 / 15.12.2017
3 912

Diyego Maradona: “Ronalduga aytib qo‘ying og‘zini yumib yursin, aks holda...”

Diyego Maradona: “Ronalduga aytib qo‘ying og‘zini yumib yursin, aks holda...”
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Armando Maradona Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘zini futbol tarixida eng yaxshi ekanligi bilan maqtanishi haqidagi fikrlariga munosabat bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu yaqinda beshinchi “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng aynan “men dunyodagi eng yagona yaxshi futbolchiman” deya maqtangandi.
Maradona esa “AS” nashriga aynan Ronalduning shu harakatlari bo‘yicha berilgan savollariga javob qaytardi.

- Siz “Al-Jazira” – “Real” o‘yinini tomosha qildingizmi?
- Ha, o‘yinni ko‘rdim, o‘sha olifta Ronalduni ham ko‘rdim.

- Xo‘sh, sizningcha, o‘yin qanday o‘tdi?
- Hamma bir fikrda, ya’ni Madrid jamoasi yaxshi o‘ynamadi. Umuman. “Al-Jazira” xuddi “Real” kabi harakat qildi. Ularda g‘alaba qozonish uchun imkoniyatlari bor edi.

– “Gremio” klubining finalda o‘ynashini qanday izohlaysiz?
– Men “Gremio”ga muxlislik qilaman. Ularning g‘alabasiga ishonaman.

– Siz, “Gremio” tarafdasiz va ularga ishonib, pul ham tikasizmi?
– Ha, albatta. Buning nimasi yomon, tushunmayman. Braziliyaliklar yaxshi jamoaga o‘xshayapti, tarkibida ham kuchli futbolchilar to‘p suradi.

– Lekin finalda ularning eng kuchli futbolchisi Artura, ishtirok eta olmaydi…
– Nima bo‘lganda ham men baribir aytganimdan qolmayman, hatto “Real” tarkibida o‘zini eng yaxshi futbolchiman degan Ronaldu bo‘lsada…

– Krishtianu o‘zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deya ta’rifladi…
– Iltimos, unga aytib qo‘ying, hazil qilishni yig‘ishtirib, jiddiy insonga aylansin. Aks holda, o‘zim yana maydonga qaytaman (kuladi).

– Agar Krishtianu – tarixdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lsa, unda siz kimsiz?
– Men aynan shu sababdan aytyapman unga. O‘zini maqtashni bas qilsin.

- Demak, siz Ronaldu haqida salbiy fikrdasiz? Sizningcha, u eng yaxshi futbolchi emas.
– Ronaldu – shunchaki ajoyib inson. Ajoyib futbolchi ekanligi haqida hech nima deya olmayman.

- Ronalduning qaysi xislatlari sizga yoqadi?
– Uning aniqligi boshqalardan kuchliroq. Va yana shuni tan olishim kerakki, jamoa Krishtianuga muhtoj bo‘lgan vaqtda u o‘zini ko‘rsata olishga qodir. Aynan mana shu xislati Ronalduni hurmat qilishga arziydi. Yoxan Kroyff ko‘pchilik futbolchilarga shu xislatini qoldirib ketdi.

– Kroyf ham shunday futbolchi bo‘lganmi?
– Ha, Kroyffning oyog‘i yorilib ketgan bo‘lsa ham, maydonga tushardi. O‘zini yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga har qanday vaziyatda harakat qilardi. Masalan, Ronaldu – “Kamp Nou” stadionida “Barselona” hisobda oldinda bormoqda. 1:0. Ronaldu maydonga tushadida darhol hisob 1:1 ko‘rinishiga aylanadi”, – deya so‘zlarini yakunladi Maradona.

Eslatib o‘tamiz, “Real” klubi 13 dekabr kuni o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov to‘p suradigan BAAning “Al-Jazira” klubi ustidan 2:1 hisobida qiyinchilik bilan g‘alaba qozonib klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining finaliga chiqqandi.

Endilikda ertaga, 16 dekabr kuni musobaqaning final bahsida Krishtianu Ronaldu jamoasi Braziliyaning “Gremio” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyego Maradona: “Ronalduga aytib qo‘ying og‘zini yumib yursin, aks holda...”