13:40 / 19.12.2017
6 818

Nursulton Ro‘ziboyev "Axmat" turnirida raqibini nokautga uchratdi (video)

Нурсултон Рўзибоев "Aхмат" турнирида рақибини нокаутга учратди (видео)
Rossiyaning Grozniy shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha WFCA 44 turniri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqaning 77,1 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev (13-4) ringga ko‘tarildi. Unda sportchimizga rossiyalik Igor Bayer (4-4) raqiblik qildi.

Qiziqarli kechgan bellashuvda Nursulton raqibiga imkon bermadi va birinchi raundning o‘zidayoq jangni yakunlab qo‘ya qoldi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy sportchimiz “WEF GLOBAL 10” turniri doirasida qirg‘izistonlik Yerbolot Omorzakov bilan kuch sinashib, chempionlik kamarini saqlab qolgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nursulton Ro‘ziboyev "Axmat" turnirida raqibini nokautga uchratdi (video)