14:04 / 19.12.2017
8 378

Murod Xonturayev raqibini muddatidan oldin mag‘lub qildi

Murod Xonturayev raqibini muddatidan oldin mag‘lub qildi
Aralash janglar ustasi Murod Xonturayev o‘zining navbatdagi jangini kecha Qozog‘istonning Karaganda shahrida AFCA chempionligi uchun o‘tkazdi.

Mazkur qarama-qarshilikda Xonturayevga ukrainalik Yuriy Gorbenko raqiblik qildi. Tajribali raqibga qarshi kechgan bellashuvda Xonturayev raqibini muddatidan oldin nokautga uchratishning uddasidan chiqdi va jang g‘olibiga aylandi.

Ukrainalik sportchi faoliyati davomida 53 ta professional jang o‘tkazib, shulardan atigi 11 tasida g‘alaba nashidasini surgan.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz bundan oldingi jangini 22 noyabr kuni Bishkekda “WEF GLOBAL 10” turniri doirasida o‘tkazgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murod Xonturayev raqibini muddatidan oldin mag‘lub qildi