14:45 / 19.12.2017
5 317

Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevga revansh taklif qilishdi

Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevga revansh taklif qilishdi
MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevga qirg‘izistonlik Noyen Kalikov revansh jangini taklif qildi.

Gap shundaki, Mansur va Noyen 2016 yilning aprel oyida Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tgan “MMA WEF GLOBAL 5” xalqaro turnirining 70 kilogrammgacha vazn toifasida kuch sinashgan edi.

Mazkur jangning ikkinchi raundida Mansur (Mangust) To‘g‘izboyev raqibini texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

Mag‘lubiyatga uchragan Noyen mahoratli sportchimizga revansh jangini o‘tkazish uchun taklif berdi. Tajribali Mansur To‘g‘izboyev bu taklifni qabul qilgani haqida Sports.uz internet portaliga xabar qildi.

“Joriy yilning noyabr oyida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan “WEF 44 GLOBAL 10” turnirida Noyen bilan uchrashganimizda revansh jangi uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib o‘tdi. Unga tayyor bo‘lganingda xabar ber, men bu taklifga roziman dedim. Nasib qilsa kelgusi yili ushbu jang bo‘lib o‘tadi. Men doimo Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga tayyorman”, – deydi Mansur (Mangust) To‘g‘izboyev bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevga revansh taklif qilishdi