05:27 / 23.12.2017
4 952

Gvardiola: “Barselona” “Real”dan kuchliroq, ammo “El Klassiko”da har narsa ro‘y berishi mumkin

Gvardiola: “Barselona” “Real”dan kuchliroq, ammo “El Klassiko”da har narsa ro‘y berishi mumkin
“Barselona”ning sobiq futbolchisi va murabbiyi La Liganing 17-turidan o‘rin olgan “Real”- “Barsa” uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Ochkolar nisbatida oladigan bo‘lsak, jamoalar o‘rtasida farq juda katta, chunki “Barselona” so‘nggi paytlarda “Real”ga qaraganda yaxshiroq ko‘rinmoqda. Ammo o‘zaro o‘yinda ochkolar o‘rtasidagi farq hech narsani anglatmaydi. “Klassiko”da hamma narsa ro‘y berishi mumkin. Har ikkalaja jamoa top klublar sirasiga kiradi”, deya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport nashri.

“Real” va “Barselona” o‘rtasidaga bellashuv 23 dekabr kuni o‘tkaziladi. Ayni paytda “Barselona” La Liga turnir jadvalida 42 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. “Qirollik klubi” esa 31 ochko bilan raqiblaridan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 4-pog‘onada bormoqda.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: “Barselona” “Real”dan kuchliroq, ammo “El Klassiko”da har narsa ro‘y berishi mumkin