05:58 / 23.12.2017
4 834

APL. Oltita gol kiritilgan bahsda g‘olib aniqlanmadi

APL. Oltita gol kiritilgan bahsda g‘olib aniqlanmadi
APL 19-turida “Arsenal”va “Livrepul” Londonda kuch sinashishdi.

Uchrashuvda Koutino hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Saloh oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Maydon egalari ushbu goldan keyin “ishtahalari ochildi”: besh daqiqa ichiad Venger jamoasi “Liverpul” darvozasiga naqd uchta gol urishning uddasidan chiqdi. Dastlab Sanches qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llagan bo‘lsa, sal o‘tmay Jakaning kutilmaganda yo‘llagan kuchli zarbasi yo‘lida Minole ojiz qoldi. Ozil esa jamoadoshi uzatgan zargarona pasni o‘tkir burchak ostida darvozaga aniq yo‘lladi. 71-daqiqaga kelib Firmino o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi- 3:3.

Angliya chempionati.

19- tur.

Arsenal – Liverpul 3:3 (0:1, 3:2)


Gol: 0:1 – 26 Koutino, 0:2 – 52 Salax, 1:2 – 53 Sanches, 2:2 – 56 Djaka, 3:2 – 58 Ozil, 3:3 – 71 Firmino.

Arsenal – Chex, Monreal (Mustafi, 46), Koselni, Belerin, Meytlend-Naylz, Uilsher, Djaka, Ozil, Ivobi (Uelbek, 78), Sanches (Uolkott, 89), Lyakazett.

Liverpul – Minole, Lovren, Robertson, Gomes, Klavan, Mane (Veynaldum, 80), Djan, Firmino, Koutin o (Oksleyd-Chemberlen, 84), Salax, Xenderson (Milner, 13).

Ogohlantirish: Ivobi (58).

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. Oltita gol kiritilgan bahsda g‘olib aniqlanmadi