06:28 / 25.12.2017
4 152

Portugaliyalik futbolchi 20 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Portugaliyalik futbolchi 20 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
Portugaliyaning “Boavishta” klubi hujumchisi Edu Ferreyra 20 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klubning matbuot xizmati ma’lum qildi. Futbolchiga 2016 yil noyabrida saraton tashxisi qo‘yilgandi.

Futbolchi saratonga chalingani ma’lum bo‘lgandan keyin sport faoliyatini to‘xtatib, saraton bilan kurashib kelgan.

Dekabrda “Boavishta” futbolchini qo‘llab-quvvatlashi belgisi sifatida u bilan shartnomani 2018/2019 yillardagi mavsum oxirigacha uzaytirgan.

“Edu ketdi, biroq u bizni hech qachon tark etmaydi! Bugun osmonda yana bir yulduz paydo bo‘ldi. Edu, oxirating obod bo‘lsin!”, deb aytilgan xabarda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Portugaliyalik futbolchi 20 yoshida hayotdan ko‘z yumdi