13:18 / 28.12.2017
4 697

Neymar 2018 yilgi jahon chempionati finalida xet-trik qayd etishni istamadi

Neymar 2018 yilgi jahon chempionati finalida xet-trik qayd etishni istamadi
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pike sobiq jamoadoshi Neymarga jahon chempionatida xet-trik qayd etish taklifini berdi. U Neymarga shunday savol bilan murojaat qildi: “Sen jahon chempionati finalida xet-trik qayd etasan, biroq penaltilar seriyasida Ispaniya g‘alaba qozonadi, rozimisan?”

Neymar bu savolga quyidagicha javob qaytardi: “Yo‘q, yo‘q, bizga g‘alaba kerak. Kel, bunday qilamiz, sen finalda uchta gol urasan, ammo yakunda biz g‘alaba qozonamiz”.

Ma’lumot uchun, Ispaniya mundial guruh bosqichida Portugaliya, Marokash va Eron bilan bir guruhdan joy olgan. Braziliyaga esa Shveysariya, Kosta-Rika va Serbiyalar raqib bo‘lishgan.

Manba: Std.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar 2018 yilgi jahon chempionati finalida xet-trik qayd etishni istamadi