22:00 / 30.12.2017
4 599

Shota Arveladze: Chempionatni yangi formatda o‘tkazish menga ma’qul tushdi

Shota Arveladze: Chempionatni yangi formatda o‘tkazish menga ma’qul tushdi
O‘zbekistonning professional futbol klublari o‘rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.

2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o‘zgardi va takomillashtirildi. Ushbu o‘zgarishlar haqida “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi – Shota Arveladze o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

- Chempionatni yangi formatda o‘tkazish menga ma’qul tushdi. Endi ishqibozlar 12 jamoa ishtirokida yanada qiziqarliroq uchrashuvlarga guvoh bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ikkinchi bosqichdagi har bir bellashuv deyarli finalga teng bo‘ladi. Sovrinli o‘rinlar uchun ham, ligada qolish uchun ham keskin raqobat yuzaga keladi.

Uchrashuvlarning soat 18:00 va undan keyin boshlanishini qo‘llab-quvvatlayman. O‘tgan mavsum juda issiq havoda 17:00da boshlangan o‘yinlarni kuzatdim. Bunday holatda futbolchilar muxlislarga chiroyli futbol taqdim eta olishmaydi. Ishqibozlarning o‘zi ham qulaylikni his qilishmaydi. Maydonlar masalasiga alohida e’tibor berilganini e’tirof etib o‘tardim. Yaxshi maydonda futbol yanada chiroyliroq ko‘rinish oladi.

Tartib-intizom va klublarning shakllanishiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘zbek futboli uchun katta foyda keltiradi deb o‘ylayman, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: Chempionatni yangi formatda o‘tkazish menga ma’qul tushdi