Xabib Nurmagomedov braziliyalik raqibiga imkon qoldirmadi

  • 31 dekabr 2017, 17:03
  • 5 001
  • Sport
  • Xabib Nurmagomedov braziliyalik raqibiga imkon qoldirmadi
    Rossiyalik aralash kurashlar jangchisi (UFC) Xabib Nurmagomedov 30 dekabr oqshomida AQShning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena o‘yingohida UFC 219 shousi doirasida braziliyalik Edson Barbozaga qarshi jang qildi. Rossiyalik sportchi o‘z raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va o‘z faoliyatidagi 25-g‘alabasiga erishdi (25 jangda).

    Xabib uchun bu UFC’da 12 oy ichidagi birinchi jang bo‘ladi. So‘nggi bor u o‘tgan yilning noyabrida Maykl Jonson bilan uchrashib, uni mag‘lub etgandi.

    Rossiya vakili birinchi raunddanoq katta ustunlik qila boshladi va raqibini zarbalar ostida qoldirdi. Ikkinchi raundda ham uning ustunligi davom etdi va raqib qonga bo‘yaldi. Uchinchi raundda rossiyalik jangchi g‘alabani ta’minladi - hakamlar bir ovozdan uning g‘alabasini e’lon qilishdi.

    Xabib jang davomida 154ta aniq zarba berdi, Barbozaning bu boradagi ko‘rsatkichi 25 zarbaga teng. 35 yoshli Barboza faoliyatidagi 24 jangdagi beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xabib Nurmagomedov braziliyalik raqibiga imkon qoldirmadi