13:24 / 02.01.2018
7 183

Xitoyda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oladi

Xitoyda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oladi
9 yanvar kuni Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati musobaqasi boshlanadi.

Musobaqada jami 16ta terma jamoa qatnashadi. O‘tgan yilning 24 oktyabr kuni mazkur musobaqaga qur’a tashlangan bo‘lib, jamoalar quyidagi guruhlardan joy olgan:

«A» guruhi - Xitoy, Qatar, O‘zbekiston, Ummon
«B» guruhi - Yaponiya, KXDR, Tailand, Falastin
«C» guruhi - Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Malayziya
«D» guruhi - Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya, Vetnam

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa 4 yanvar kuni Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketadi. Vakillarimiz guruh uchrashuvlarini quyidagi taqvim asosida o‘tkazadilar:

9 yanvar, soat 16:30 Qatar - O‘zbekiston

12 yanvar, soat 13:00 O‘zbekiston - Xitoy

15 yanvar, soat 13:00 Ummon - O‘zbekiston

O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoyda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oladi