Sensatsiya: Madrid nashri Messini yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qildi

  • 02 yanvar 2018, 15:00
  • 3 274
  • Sport
  • Sensatsiya: Madrid nashri Messini yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qildi
    Ispaniyaning Marca nashri muxlislari «Barselona» hujumchisi Lionel Messini 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldilar.

    Madridda chop etiladigan nashr tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari barchani hayron qoldirdi, chunki bu yerda «Real» muxlislari an’anaviy tarzda ko‘pchilikni tashkil qiladi.

    Messi uchun 56% muxlis ovoz berdi. O‘tgan yilgi shaxsiy sovrinlarning deyarli barchasini qo‘lga kiritgan Krishtianu Ronaldu 25% ovoz to‘pladi.
    Uchinchi o‘rinni «Real»ning yana bir futbolchisi Isko, to‘rtinchi o‘rinni «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn qo‘lga kiritdi.

    Avvalroq, Britaniyaning Guardian nashri ham «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibini emas, balki Messini yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilgan edi.

    2016/17 mavsumida Messi La Ligada 37ta gol urib, to‘rtinchi marta Yevropaning eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoasi bilan Ispaniya Kubogida g‘alaba qozondi. 2017 yilda argentinalik umumiy hisobda 54ta gol urdi va 19ta golga hammualliflik qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sensatsiya: Madrid nashri Messini yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qildi