O‘zbekistonlik iqtidorli futbolchilar endi Yevropaning eng kuchli klublariga tavsiya etiladi. Ular orasida «Real», «Lion», «Anderlext», «Standard» klublari bor. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytida xabar berilgan.
Rasmiy manbada aytilishicha, Belgiya futbol federatsiyasida texnik bo‘lim boshlig‘i Kris van Puyvelde hamda «Anderlext» futbol klubining Skautlar bo‘limi boshlig‘i Bekir Tedek yanvar oyining o‘rtalarida yurtimizga tashrif buyuradi.
Bu ikki mutaxassis ko‘p yillar davomida birgalikda bolalar futboli bo‘yicha faoliyat yuritishadi.Ularda futbolni rivojlantirish bo‘yicha aniq dasturlar bor. Mana shu dasturlar asosida ushbu mutaxassislar yurtimizdagi iqtidorli yosh futbolchilarni saralab, ularning futbolchi sifatida o‘sishlariga ko‘mak berishadi. Keyinchalik ana shu iqtidorli futbolchilar Van Puyvelde va Bekir Tedek tomonidan Yevropaning kuchli klublari, jumladan, «Real» Madrid, «Lion», «Anderlext», «Standard» kabi jamoalariga tavsiya qilib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi