07:30 / 12.01.2018
7 314

Jasur Yaxshiboyev: "Xitoyga qarshi faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz"

Жасур Яхшибоев: "Хитойга қарши фақат ғалаба учун ўйнаймиз"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboyev Xitoyga qarshi o‘yindan oldin mahalliy matbuot bilan suhbatda ilk uchrashuvdagi xato va kamchiliklar haqida fikr bildirdi va Xitoyga qarshi uchrashuvga jamoa boshqacha kayfiyatda tushishini ta’kidladi.

“Ilk uchrashuvdagi xatolardan kerakli xulosalar chiqara oldik. Umid qilamanki, boshqa bunday xato qilmaymiz. Xitoyga qarshi uchrashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Uchrashuvning ahamiyatini bilib turibmiz. Biz muxlislarga yaxshi va chiroyli o‘yin namoyish etishga va albatta g‘alaba qozonib, ularni xursand qilishga harakat qilamiz”, - deydi Yaxshiboyev.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi shuningdek, Xitoy yoshlar terma jamoasi va ular safidagi futbolchilar haqida fikr bildirdi.

“Xitoyliklar tarkibida ajoyib va tajribali futbolchilar bor. Ayniqsa, ularda texik jihatdan yaxshi shakllangan futbolchilar ko‘p. Raqib safida bir nechta futbolchi barchadan biroz ajralib turibdi. Biz ularning qanday saviyadagi futbolchi ekanligini bilamiz va ularni to‘xtatishga harakat qilamiz”, - deydi yarim himoyachi.

“Bu turnirdan maqsadimiz katta. Birinchi navbatda bu biz uchun o‘ziga hos zinapoya. Biz o‘zimizni ko‘rsata olsak, kelajak uchun ham katta foyda. Shuning uchun barchamiz borimizni berib, g‘alaba qozonishni istaymiz”, - dedi Yaxshiboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Yaxshiboyev: "Xitoyga qarshi faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz"