17:29 / 12.01.2018
5 604

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyni yengdi (Video)

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyni yengdi (Video)
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Ravshan Haydarov jamoasi mezbon Xitoy bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvni faol boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi 14-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Raqib jarima maydoni ichidagi bir nechta xavfli urinishlardan so‘ng, himoyachimiz Xojiakbar Alijonov yumshoq zarba bilan darvzani aniq nishonga oldi va jamoamizning ilk goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda hamyurlarimiz qarshi hujum taktikasida to‘p surishdi va himoyada raqibga hech qanday imkon qoldirmadilar. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida xitoyliklarda juda qulay vaziyat yuzaga keldi, biroq raqib futbolchisining zarbasi darvoza to‘siniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

Shu tariqa, dastlabki o‘yinda Qatardan 0:1 hisobida yengilgan O‘zbekiston olimpiya termasi bugun Xitoyni yengib, 3 ochkoga ega bo‘ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 15 yanvar kuni 3-tur doirasida Ummonga qarshi bahs olib boradi.

U-23 Osiyo chempionati
“A” guruhi, 2-tur

O‘zbekiston - Xitoy 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:
1:0 - 14 Alijonov.

O‘zbekiston: Botirali Ergashev, Abbosxon Otaxonov, Rustam Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon G‘aniyev, Odilbek Hamrobekov, Dostonbek Tursunov, Doniyor Narzullayev (Bobir Abduholiqov 90+2), Doston Hamdamov (Oybek Rustamov, 73), Javohir Siddiqov (Jasurbek Yaxshiboyev, 66), Zabihillo O‘rinboyev.

Xitoy
: Jou Yuchen, Li Siaoming, Gao Junyi, Yao Junsheng (Tang Shi, 46), Vei Shihao, He Chao, Li Hailong, Li Shuai, Yang Li-Yu, Liu Yiming (Xuang Jengyu, 71), Ba Dun (Jan Yuning, 77).

Ogohlantirishlar: Ashurmatov (54), Otaxonov (68), Jengyu (86)

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyni yengdi (Video)