18:30 / 12.01.2018
5 075

“Uzbek Tigers” WSB turnirida Amerika jamoalari bilan kuch sinashadi

“Uzbek Tigers” WSB turnirida Amerika jamoalari bilan kuch sinashadi
Joriy yilning fevral oyidan Butunjahon boks seriyasi (WSB) navbatdagi VIII mavsumiga start beriladi.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ushbu turnirdagi ilk o‘zbek jamoasi “Uzbek Tigers”ning ishtirok etmasligi ma’lum qilingan edi, biroq VIII mavsumda ham jamoamiz ishtirok etadi.

Unga ko‘ra, uch mintaqaga bo‘lingan turnirda “Uzbek Tigers” Amerika jamoalari “Colombia Heroicos” (Kolumbiya), “Cuba Domadores” (Kuba) va “Caciques de Venezuela” (Venesuyela) bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

“Uzbek Tigers”ning guruhdagi bellashuvlari sanalari bilan tanishing.
23-24 fevral: “Cuba Domadores” (Kuba)
2-3 mart: “Colombia Heroicos” (Kolumbiya)
6-7 aprel: “Caciques de Venezuela” (Venesuyela)

WSB turnirining qolgan guruhlari bilan tanishing:

Osiyo mintaqasi
“China Dragons” (Xitoy)
“Indian Tigers” (Hindiston)
“Astana Arlans” (Qozog‘iston)
“Patriot Boxing Team” (Rossiya)

Yevropa mintaqasi
“France Fighting Roosters” (Fransiya)
“British Lionhearts” (Buyuk Britaniya)
“Italian Thunder” (Italiya)
“Croatian Knights” (Xorvatiya)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Uzbek Tigers” WSB turnirida Amerika jamoalari bilan kuch sinashadi