22:30 / 12.01.2018
5 743

Ravshan Haydarov: "Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik"

Равшан Ҳайдаров: "Ҳимояда бехато ўйнашга ҳаракат қилдик ва бунинг уддасидан чиқдик"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoyga qarshi (1:0) Osiyo chempionati “A” guruhi 2-tur uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida g‘alaba oson qo‘lga kiritilmaganini aytdi.

“Bugungi uchrashuvda qo‘lga kiritilgan 3 ochko uchun futbolchilarga rahmat. O‘yin oson kechgani yo‘q, ammo, himoyada yaxshi o‘yin namoyish qila oldik va raqibga gol urish uchun imkon bermadik deyish mumkin.

Raqib bugun yuqori saviyadagi jamoa ekanini isbotladi. Ular ikkinchi bo‘limda ko‘proq o‘yinni nazorat qila olishdi va ko‘p hujumlar uyushtira olishdi. Biz himoyadagi bexato o‘yin bilan ularning hujumlarini to‘xtata oldik”, – deydi Haydarov.

“Birinchi taymda gol urdik va bu o‘yinning borishiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Ikkinchi taymda esa, raqibni qarshi hujumda ushlashga harakat qildik. Reja bo‘yicha o‘yin namoyish etdik, ammo vaziyatlar yarata olgan bo‘lsak ham, ulardan foydalana olmadik. Raqib bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi va ularga buning uchun rahmat. Endi bugungi uchrashuvni tahlil qilib, Ummonga qarshi yanada jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz”, – deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston olimpiya termasi ustozi

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik"