14:05 / 15.01.2018
5 027

«Nant» – «PSJ». Hakam mezbonlar futbolchisini tepdi va uni maydondan chetlatdi (Video)

 «Нант» – «ПСЖ». Ҳакам мезбонлар футболчисини тепди ва уни майдондан четлатди (Видео)
«Nant» klubi himoyachisi Diyego Karlos «PSJ»ga (0:1) qarshi kechgan o‘yinda qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

90-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda futbolchi tasodifan uchrashuv bosh hakami Toni Shapronga to‘qnashib ketdi.

Shundan so‘ng, hakam maydonga yiqildi va jahl ustida Karlosning oyog‘iga zarba berdi. Ushbu vaziyatda hakam futbolchiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi va uni maydondan chetlatdi.
[media=https://youtu.be/Q2wVKfu3ObM]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nant» – «PSJ». Hakam mezbonlar futbolchisini tepdi va uni maydondan chetlatdi (Video)