20:26 / 15.01.2018
4 558

O‘zbekiston futbol federatsiyasining bayonoti

O‘zbekiston futbol federatsiyasi milliy terma jamoaga murabbiy tayinlash borasida sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov ayni kunlarda xorijlik mutaxassislar bilan shu masalada muzokara olib borish maqsadida xorij safariga yo‘l olmoqda.

Ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi yaqin 48 soat ichida tanishtirilishi haqidagi ma’lumotlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.

Bu boradagi aniq ma’lumot faqat O‘zbekiston futbol federatsiyasining internetdagi rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futbol federatsiyasining bayonoti