23:00 / 15.01.2018
4 948

«Lokomotiv» Husniddin G‘ofurov bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

«Lokomotiv» Husniddin G‘ofurov bilan 2 yillik shartnoma tuzdi
O‘zbekistonning 2 karra chempioni – “Lokomotiv” 2018 yilgi mavsum oldidan o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirishda davom etadi.

“Temiryo‘lchilar” jamoasi safiga so‘nggi yillarda Serbiya chempionatida faoliyat olib borgan hamyurtimiz Husniddin G‘ofurov kelib qo‘shildi.

Aslida “NBU-Osiyo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan farg‘onalik 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2013-2017 yillar oralig‘ida Serbiyaning “Yavor” hamda “Mladost” klublari sharafini himoya qildi.

O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sanaladigan futbolchi endi faoliyatini yurtimizda davom ettiradi. Husniddin G‘ofurov “Loko” bilan 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U “temiryo‘lchilar” safida 19-raqam ostida harakat qiladigan bo‘ldi.

Manba: www.lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» Husniddin G‘ofurov bilan 2 yillik shartnoma tuzdi