5 881
Samvel Babayan Jahon Chempionatiga qay tariqa chiqa olmaganini «Spartak» muxlislariga aytib berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Moskvaning «Spartak» klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Xabarda aytilishicha, Babayan bejizga «Spartak»ning Dubaydagi mashg‘ulotlarini kuzatib bormayapti. U bosh murabbiy Massimo Karreraning ish uslubini o‘rganmoqda. Bunda sodiq yordamchisi Grigoriy Kolosovskiy Babayanga ko‘maklashmoqda.
Biz Rossiyadagi Jahon Chempionatida o‘ynashimiz mumkin edi. Bizni undan faqatgina 1 ta gol ajratib qoldi, xolos. Biz o‘sha golni koreyaliklar darvozasiga urishga urindik. Biroq o‘yinda hisob ochilmadi. Nima ham qilardik, endi o‘qishni davom ettirish va murabbiylikdagi bilimlarni oshirish uchun imkoniyat bor.
«Spartak» matbuot xizmatining qayd etishicha, Babayan o‘zbekistonliklar mundialdan chetda qolgani haqida aytayotgan vaqtida xo‘rsinib qo‘ygan.
Murabbiy fikriga ko‘ra, «Spartak» Rossiyaning amaldagi chempioni va mamlakatning eng oldi jamoasi. Babayan shuning uchun ham tajriba o‘rganish uchun aynan Moskva klubini tanlab olgan. Qolaversa, Massimo Karreraning italiyalik ekani esa butun dunyoga mashhur o‘yin uslubi haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilish uchun kerak bo‘larkan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi