5 764
Osiyo Chempionati U23. Chorak finalda O‘zbekistonga Yaponiya duch kelgani yaxshimi yoki KXDR?
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida chorak finalga yo‘l olgan O‘zbekiston termasi navbatdagi raqibini bugun — 16 yanvar kuni bilib oladi.
Reglamentga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar yarim final yo‘lida «B» guruhini peshqadam sifatida yakunlagan termaga qarshi saf tortishi kerak. Ayni vaqtda bu zonada yaponiyalik futbolchilar 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 2-o‘rinda borayotgan KXDR hisobida esa 4 ochko mavjud.
Toshkent vaqti bilan 13:00 da ikki prinsipial raqib — KXDR va Yaponiya o‘zaro maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoaning bo‘lajak raqibi nomiga oydinlik kiritib berishi bilan ham ahamiyatlidir.
Musobaqani Qatardan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlab, keyingi ikki o‘yinda zafar quchgan O‘zbekiston termasining chorak finaldagi o‘yini 19 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi