20:09 / 16.01.2018
5 261

“Nasaf” Tojikiston terma jamoasi futbolchisini sotib oldi

“Nasaf” Tojikiston terma jamoasi futbolchisini sotib oldi
Qarshining “Nasaf” klubi yangi mavsumda jamoa tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

So‘nggi ikki mavsum davomida Dushanbening “Istiqlol” klubi safida faoliyat olib borgan Jahongir Aliyev “ajdarlar” bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Tojikiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, qarshiliklar bugun xalqaro transfer setifikati (ITC)ni qabul qilib olishgan.

Tojikiston terma jamoasi a’zosi sanalgan Aliyev “Nasaf” safida 21-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi. 21 yoshli yarim himoyachi OChL uchun ro‘yxatdan ham o‘tkazildi va u 30 yanvar sanasida “Al-Faysali”ga qarshi kechadigan bahsda jamoa safida debyut qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” Tojikiston terma jamoasi futbolchisini sotib oldi