21:34 / 17.01.2018
3 526

Menejer Oleg Bogdanov: "Shohjahon yil so‘nggida chempionlik kamari uchun jang qiladi"

Менежер Олег Богданов: "Шоҳжаҳон йил сўнггида чемпионлик камари учун жанг қилади"
Avval xabar berganimizdek, yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev AQShda mezbon bokschi Soni Fredriksonga qarshi 12 yanvar kuni jang olib bordi va faoliyatidagi muhim g‘alabaga erishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng www.AllBoxing.Ru internet portali Shohjahonning menejeri Oleg Bogdanov bilan suhbatlashdi. Unda Oleg Bogdanov iste’dodli bokschimizning keyingi rejalari haqida gapirib o‘tdi.

“Shohning birinchi jangidan keyin u metin himoyali va juda qattiq zarbaga ega bo‘lgan bokschi ekanligi oydinlashdi, – dedi Bogdanov. – Uning Uralda Denis Shafikov va Kostya Ponomaryov bilan o‘tkazilgan sparring janglaridan keyin men nafaqat og‘ir zarba bilan kurashuvchi, balki yaxshi tayyorlangan, raqiblari uchun noqulay bo‘lgan hamda psixologik jihatdan barqaror sportchi deb hisoblay boshladim. Shundan so‘ng men uni AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etishi kerakligini tushundim va unga okean ortidan promouter qidirdim. U yerdagi eng yaxshi taklif Dmitriy Salita edi. Shoh uning Rossiyadagi promouterlik kompaniyasi a’zosi sifatida bir yil davomida janglarda ishtirok etdi. Amerika vizasini olgandan so‘ng, Detroytga amerikalik bokschilarni mag‘lub etish uchun yo‘l oldi.

Dmitriy Salita va uning jamoasi olqishga loyiq, – deya menejer gapini davom ettirdi. – Ular Shohjahonga ideal shart-sharoitlar yaratib berishdi: Alohida uy, oshpaz, tiklanish uchun kerak bo‘ladigan vositalar va eng yaxshi sparring hamkorlarni muhayyo qilishdi. Ergashev ham tahsinga loyiq, murabbiyi Shunar Xill Styuardning barcha topshiriqlarini o‘zini qiynab bo‘lsada bajardi."

"Shoh uchun Soniga qarshi o‘tgan jang juda muhim edi, - dedi Bogdanov. – Ushbu jangda u Soni Fredrikson ustidan g‘alaba qozonibgina qolmay, “Showtime”ning “ShoBox” efirda o‘zini har taraflama yaxshi ko‘rsatdi. Bu juda kerak edi. Shohjahonga hozirda HBO va “Showtime” taklif bilan chiqqan. U esa eng yaxshi bir taklifni qabul qilishi mumkin. Aytgancha, Shohni Edvin Valero bilan taqqoslagan amerikalik sharhlovchilarga qo‘shilaman. Haqiqatdan ham o‘zbek bokschisi u kabi uslub va bir xil xarizmaga ega. Uning keyingi jangi aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan va yil oxirida Shoh chempionlikka asosiy da’vogar sifatida jang o‘tkazadi."

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Menejer Oleg Bogdanov: "Shohjahon yil so‘nggida chempionlik kamari uchun jang qiladi"