10:50 / 19.01.2018
4 323

Devid Bekxem: “Men hech qachon tig’ ostiga yotmayman!”

Devid Bekxem: “Men hech qachon tig’ ostiga yotmayman!”
Ushbu yilda afsonaviy futbolchi Devid Bekxem 43 yoshni qarshilaydi. Biroq u hamon dunyoning eng kelishgan erkaklaridan biri bo’lib qolmoqda va ko’rinishi borasida hech qanday plastik jarrohlik amaliyotiga murojaat qilmaganini aytib o’tgan.

“Plastik jarrohlik haqiqatan ayrim insonlar uchun muhim bo’lishi mumkin. Men buni yomon demayman. Ammo gap men haqimda boradigan bo’lsa hech qachon tig’ ostiga yotmayman. Bunga mutlaqo qiziqmayman ham. Qanday qariyotganim menga yoqayapti. Yuzimga ham, boshqa tana azolarimga ham hech qanday inyeksiyalar qildirmayman” deydi yulduz.

Haqiqatan ham muhlislar futbol yulduzining juda chiroyli tarzda qariyotgani va bu unga qanday yarashganini aytishdan charchashmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Devid Bekxem: “Men hech qachon tig’ ostiga yotmayman!”