16:49 / 19.01.2018
5 080

Ravshan Haydarov: Bugungi g‘alabani kecha jigarbandlaridan ayrilgan oilalarga bag‘ishlaymiz

Ravshan Haydarov: Bugungi g‘alabani kecha jigarbandlaridan ayrilgan oilalarga bag‘ishlaymiz
Xitoyda o‘tkazilayotgan U-23 terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati pley-off bosqichida O‘zbekiston chempionatning amaldagi g‘olibi Yaponiya darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bellashuvdan so‘ng har ikki terma jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Ravshan Haydarov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Birinchidan, bugungi g‘alabani kecha jigarbandlaridan ayrilgan oilalarga bag‘ishlaymiz. Dastlabki bo‘limda biz juda yaxshi harakat qildik. Biz Yaponiyaga qarshi qanday o‘ynashni bilardik va ularga bosim uyushtirdik. Biz g‘alabaga loyiqmiz, - deydi terma jamoamiz ustozi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: Bugungi g‘alabani kecha jigarbandlaridan ayrilgan oilalarga bag‘ishlaymiz