13:05 / 21.01.2018
5 172

U-23 Olimpiya terma jamoamiz Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi

U-23 Olimpiya terma jamoamiz Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi
Janubiy Koreyaga qarshi OCh yarim finaliga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun ertalab trenajer zalida mashg‘ulot o‘tkazdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida barcha ishtirok etdi va ayni damda terma jamoa safida jarohat olganlar yo‘q. Bugun olimpiya terma jamoasi kechki payt shuningdek, stadionda mashg‘ulot olib boradi.

Osiyo chempionati yarim finaliga yo‘llanma olgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, shuningdek, kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va bosh terma jamoa bosh murabbiyiga bu borada ma’lumot topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi OCh yarim finalida maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Olimpiya terma jamoamiz Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi