16:32 / 21.01.2018
5 726

O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilmoqchi...

O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilmoqchi...
Boks bo‘yicha filippinlik sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini aprel oyida o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorovga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda «OLAMSPORT.COM nashri xabar bermoqda.

Bu xabarni bokschining o‘zi ham, uning hamkorlari ham tasdiqladilar.

«Pakyao aprel oyida «TOP15»dagi bokschilardan biriga qarshi reyting jangini o‘tkazishi kerak. O‘sha to‘qnashuv Malayziyada bo‘lishi kutilmoqda. Mening menejerlarim ham malayziyalik. Shu sababdan ham, u bilan kelishuvga erishishimiz ehtimoli yuqori», - dedi Qudratillo.

Eslatib o‘tamiz, WBC tomonidan fevral oyi uchun e’lon qilingan reytingda Pakyao uchinchi,Qudratillo esa beshinchi pog‘onadan joy olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilmoqchi...