17:03 / 21.01.2018
4 935

Afsonaviy Roy Jons faoliyatidagi so‘nggi jangini o‘tkazadi

Afsonaviy Roy Jons faoliyatidagi so‘nggi jangini o‘tkazadi
Professional boksning to‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons (65-9, 47KO) faoliyatidagi so‘nggi jangida ringga ko‘tariladi.
Amerikalik 49 yoshli bokschi 8 fevral kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan AQShning Florida shtati Pensakola shahrida prof faoliyatidagi oxirgi jangida ringga chiqadi.

Ushbu jang birinchi og‘ir vazn (90,7 kg) toifasida o‘tkaziladi. Roy Jonsning raqibi amerikalik 30 yoshli Skott Sigmon (30-11-1, 16KO) bo‘ladi. Sigmon o‘z janglarini 72,6 hamda 79,4 kg vazn toifalari oralig‘ida o‘tkazib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Afsonaviy Roy Jons faoliyatidagi so‘nggi jangini o‘tkazadi