19:22 / 21.01.2018
5 508

«Lokomotiv» Dubaydagi so‘nggi nazorat o‘yinini «Krasnodar»ga qarshi o‘tkazadi

«Lokomotiv» Dubaydagi so‘nggi nazorat o‘yinini «Krasnodar»ga qarshi o‘tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi ilk xorij yig‘inini BAAning Dubay shahrida o‘tkazayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat o‘yinini 22 yanvar kuni Rossiyaning “Krasnodar” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Bunga qadar “temiryo‘lchilar” jamoasi Shotlandiyaning “Aberdin” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi va Rossiyaning “Rubin” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi. Endi navbat yana bir rus grand klubi – “Krasnodar”ga.

“Krasnodar” jamoasi shu nomdagi shahar sharafini himoya qiladi. Unga 2008 yilda asos solingan. Laqabi – “buaqalar”, “qora-yashillar”. Jamoa o‘tgan mavsumda chempionatni 4-pog‘onada yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi yillarda “Krasnodar” Rossiyada yetakchi jamoalar qatoriga qo‘shilishni uddalay oldi. Natijada klub tez-tez Yevrokuboklarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Lokomotiv” va “Krasnodar” shu paytga qadar hech ham o‘zaro to‘qnash kelishmagan. Ertangi o‘yin har ikki jamoa uchun dastlabki qarama-qarshilik bo‘ladi. O‘yin 22 yanvar kuni Abu-Dabidagi New York University Abu-Dhabi stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti – 18:00.


Manba: www.lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» Dubaydagi so‘nggi nazorat o‘yinini «Krasnodar»ga qarshi o‘tkazadi