UYeFA moliyaviy Fair Play talablarini keskin ravishda oshirmoqchi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klub «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «PSJ» kabi juda katta miqdorda pul sarflovchi klublarning transfer siyosatini qattiq nazorat qilishni rejalashtirgan. UYeFA iqjroqo‘mi yangi qoidalar loyihasini 2018 yilning may oyida ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.
Qoidalarning yangi talqiniga ko‘ra, tashkilot klublarning faqat transferlar bo‘yicha xarajatlarini nazorat qiladi. Taxminlarga ko‘ra, yangi qoidaga ko‘ra, jamoa bir yilda futbolchi sotib olish va sotib olish bo‘yicha xarajatlarni 100 million yevrodan oshirmasligi talab qilinadi. Bundan tashqari, UYeFA klublarning qarzlarini ham nazorat qilishni ko‘rib chiqmoqchi.
Yana bir qoidalardan biri bu klublar tarkibidagi futbolchilar sonining 25tadan oshmasligi bo‘lishi mumkin. UYeFA shuningdek jamoalarning shartnomalari bo‘yicha summani ham cheklamoqchi. Unga ko‘ra klub tuzadigan shartnomalar umumiy foydaning 30 foizidan oshib ketmasligi lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida «PSJ» «Barselona» hujumchisi Neymarni 222 million yevro evaziga sotib olgandi. Shuningdek «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe ham ijaraga olingan. Uning sotib olish narxi 180 million yevroni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi