09:26 / 22.01.2018
4 618

"Barselona" safarda "Betis" darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p yo‘lladi

"Барселона" сафарда "Бетис" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп йўллади
Ispaniya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan «Betis» – «Barselona» uchrashuvida 0:5 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning yirik g‘alabasi bilan tugadi.

59-daqiqada Luis Suares ajoyib pas bilan Ivan Rakitichni darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Xorvatiyalik futbolchi zarba berishda adashmadi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

64-daqiqada mezbonlar himoyadan chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydilar, buning natijasida Serxio Buskets jamoadoshi Lionel Messini qulay vaziyatga chiqardi, Messi esa o‘zi uchun omadli sanalgan stadionda gol urishga erishdi va hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Oradan vaqt ko‘p o‘tmay endi Luis Suares o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 80-daqiqada yana «Betis» futbolchilari to‘pni kataloniyaliklarga «sovg‘a» qilishdi, bu tuxfadan esa Messi bajonidil foydalandi va uchrashuvdagi dublini nishonladi.

Asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa qolganida Suares Messining uzatmasidan so‘ng jamoasining beshinchi va o‘zining ikkinchi golini urdi.

Ispaniya chempionati, 20-tur

Betis – Barselona 0:5 (0:0, 0:5)
Gollar:
0:1 – 59 Rakitich, 0:2 – 64 Messi, 0:3 – 69 Suares, 0:4 – 80 Messi, 0:5 – 89 Suares.

Betis
– Adan, Mandi, Feddal, Durmisi, Fabian Ruis (Kamarasa, 88), Sanches, Guardado, Gerrero, Garsiya (Budebuz, 77), Telo, Leon (Ruben Kastro, 73).

Barselona
– ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Vermalen (Umtiti, 43), Serdji Roberto, Buskets (Deulofeu, 81), Andre Gomesh (Paulino, 65), Rakitich, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Andre Gomesh (21), Durmisi (51), Suares (67), Feddal (67).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" safarda "Betis" darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p yo‘lladi