22:38 / 22.01.2018
5 203

Arab mamlakatlaridagi "legioner" futbolchilarimiz haqida...

Араб мамлакатларидаги "легионер" футболчиларимиз ҳақида...
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Haydarov to‘p surayotgan «Ajman» klubi kecha — 21 yanvar kuni safardan g‘alaba bilan qaytdi, deb yozdi «Championat.asia» nashri. Bunda 32 yoshli futbolchining olib kelinishi, «Ajman» uchun foydali bo‘lgani e’tirof etilgan.

Sababi, Haydarov ortda qolgan 13 ta tur davomida 12 marta maydonga tushgan va 1 ta gol urgan, shuningdek, 4 ta golli uzatma bergan. Xususan, Haydarov kecha bo‘lib o‘tgan «Shabab Al-Ahli»ga qarshi bellashuv birinchi golga pas bergan va uning jamoasi 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan.

Bugun — 22 yanvar oqshomida Otabek Shukurov hamda Igor Sergeyev to‘p suradigan ikki klub o‘zaro to‘qnash keladi. Shukurov to‘p surayotgan «Sharja» bir hafta oldin Prezident Kubogida Haydarov jamoasi ustidan zafar quchib, «Ajman»ni turnirdan chiqarib yuborgandi. Endi esa chempionat doirasida so‘nggi o‘rinni egallab turgan Sergeyevning «Al-Dafra» klubini sinovdan o‘tkazadi.

Sardor Rashidovning «Al-Jazira» klubi esa 24 yanvar kuni 13-turni o‘tkazadi. Ayni paytda Rashidov Amirliklarni tark etishi mumkin degan gaplar bor. Unga Saudiya va Qatar klublari xaridor bo‘lib turibdi.

Quyidagi suratda o‘zbekistonlik futbolchilarning Amirlik chempionatidagi statistikasi aks etgan.

Qatar chempionatida o‘ynayotgan Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Tursunov jamoalari o‘tgan hafta so‘ngida mag‘lub bo‘ldi. Abduxoliqov to‘p suradigan «As-Sayliya» chempionlik uchun kurash olib borayotgan «As-Sadd»dan 0:6 hisobida yengilgan. Tursunovning «Al-Xariytiyat» klubi esa «Ar-Rayyan»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan. Temurxo‘ja 90 daqiqa maydonga o‘ynagan, Tursunov esa 46-daqiqada o‘yinga chiqarilgan. Sanjar tushguniga qadar hisob 0:3 edi. Uning o‘yinga qo‘shilishi «Al-Xaritiyat» o‘yinini kuchaytirgan.

Abduxoliqov ortda qolgan turlarda 7 ta gol urib, Qatar Yulduzlar Ligasining to‘purarlari poygasida 7-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arab mamlakatlaridagi "legioner" futbolchilarimiz haqida...