20:42 / 24.01.2018
4 972

OFK prezidenti O‘zbekiston OTJ finalga yo‘l olgani bilan Umid Ahmadjonovni tabrikladi

OFK prezidenti O‘zbekiston OTJ finalga yo‘l olgani bilan Umid Ahmadjonovni tabrikladi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati finaliga yo‘l olgani munosabati bilan O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovga tabriknoma yubordi.

Tabriknomada shunday yozilgan:
«Hurmatli Umid Ahmadjonov! Men mamnuniyat bilan Sizni va Siz orqali butun o‘zbek futboli jamoatchiligini Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionati finali yo‘llanmasi bilan tabriklayman. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining barcha a’zolariga ham mening tabrigimni yetkazib qo‘ying. 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati finalida omad yor bo‘lishini tilayman.

Hurmat bilan Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa, OFK prezidenti».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK prezidenti O‘zbekiston OTJ finalga yo‘l olgani bilan Umid Ahmadjonovni tabrikladi