10:30 / 25.01.2018
4 940

O‘FF konferensiyasi: bugun federatsiyaga yangi prezident saylanadi

O‘FF konferensiyasi: bugun federatsiyaga yangi prezident saylanadi
Bugun, 25 yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylanishi kutilmoqda.

Ayni paytda konferensiya delegatlari va ishtirokchilari o‘z o‘rnini egallamoqda. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining maxsus muxbiri ushbu tadbirda ishtirok etmoqda.

Muxbirimizning xabar berishicha, bugungi konferensiyada Umid Ahmadjonov o‘rniga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov saylanishi kutilmoqda. Bu haqda keyinroq rasman xabar beramiz.

Eslatib o‘tish kerak, kecha «Xalq so‘zi online» nashriga intervyu bergan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov federatsiyadagi rahbarlik vakolatini topshirishini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF konferensiyasi: bugun federatsiyaga yangi prezident saylanadi