14:23 / 25.01.2018
5 217

Professional bokschimiz Ahror Muralimov Klichkoning sobiq raqibi bilan kuch sinashadi

Professional bokschimiz Ahror Muralimov Klichkoning sobiq raqibi bilan kuch sinashadi
O‘zbekistonlik professional bokschi Ahror Muralimov faoliyatidagi 20-jangini 16 fevral kuni AQShning Nevada shtatida o‘tkazadi. 8 raund etib belgilangan jangda unga amerikalik Brayant Jennings raqiblik qiladi.

Bu bokschi o‘z vaqtida super og‘ir vazn toifasida nomdor charm qo‘lqop ustalari Luis Ortis, Artur Shpilka va Vladimir Klichkoga qarshi chempionlik janglarida ishtirok etgan. U shu vaqtga qadar professional ringda 23 ta jang o‘tkazib, 21 g‘alaba (12 nokaut) va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ahror Muralimov professional faoliyatini 2010 yili boshlagan. Shu vaqtga qadar u 19 ta jang o‘tkazib, ulardan 16 tasini (13 nokaut) zafar quchgan bo‘lsa, 3 tasida mag‘lubiyat alamini tortgan. U so‘nggi 3 ta o‘tkazilgan janglarning barchasida imkoniyatni boy bergan.

Manba: sports.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Professional bokschimiz Ahror Muralimov Klichkoning sobiq raqibi bilan kuch sinashadi