16:35 / 25.01.2018
4 573

Ramatov: «Tadbirkorlarni qo‘rqitib, homiylikka majburlash yo‘li bilan futbolni ushlab turibmiz»

Раматов: «Тадбиркорларни қўрқитиб, ҳомийликка мажбурлаш йўли билан футболни ушлаб турибмиз»
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yangi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi vaqtida O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, tadbirkorlarni qo‘rqitish orqali majburiy homiylikni keskin tanqid qildi

«Kichik biznes xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini hokim chaqiradida, pul ber, bermasang yeringni tortib olamiz, do‘koningni olib qo‘yamiz deb qo‘rqitishadida, majburlab futbolga homiylik qildirishadi. Shu yo‘l bilan futbolni amallab ushlab turibmiz.

Futbol tashkiloti bu devonalik bilan shug‘ullanadigan tashkilot emasku? Sen 5 so‘m ber, sen 10 so‘m ber deb majburlash nimasi? Bu masalani hal qilish kerak? 16ta jamoani eplab ushlab tura olmaydigan davlat bu qanaqa davlat axir?

Futbol klublari byudjetini oshirib belgilash kabi holatlarni ham yig‘ishtirish kerak. Futbolchilarga katta oylik berishni ham to‘xtatish kerak», deya Ramatovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.Uz muxbiri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramatov: «Tadbirkorlarni qo‘rqitib, homiylikka majburlash yo‘li bilan futbolni ushlab turibmiz»