18:09 / 26.01.2018
7 379

“PSJ” prezidenti va’da berdi: Neymar “Real”ga o‘tadi

“PSJ” prezidenti va’da berdi: Neymar “Real”ga o‘tadi
Fransiyaning “PSJ” klubi rahbariyati hujumchi Neymar bilan belgilangan shartlarga ko‘ra xayrlashishga tayyorligini bildirdi.

Parij klubi prezidenti Nosir Al Helayfi braziliyalik hujumchini agar bu yil “PSJ” Yevropa Chempionlar ligasida muvaffiyat qozonsa, shunda “Real”ga qo‘yib yuborishga va’da bergan. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

25 yoshli futbolchi bu haqda yaqin do‘stlarini ogohlantirib, joriy mavsumni Fransiyada yakunlab, keyin Ispaniyaga qaytishni aytib o‘tgan.

“Real” rahbariyati Neymarni yozda Madridni tark etish mumkin bo‘lgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga munosib nomzod deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, “PSJ” Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida aynan “Real” klubi bilan bahs olib boradi. Ilk uchrashuv 15 fevral kuni Madridda o‘tkazilsa, javob o‘yini 7 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Demak, Neymar “Real”ga o‘tish uchun bo‘lajak jamoasini musobaqadan chiqarib yuborish uchun qattiq harakat qiladi.

Aksiga olgandek, joriy mavsum “qirollik klubi” uchun omadsiz o‘tmoqda. Madridliklar kuni kecha “Leganes”ga imkoniyatni boy berib, Ispaniya kubogidan chiqib ketishdi.

Bundan tashqari, “Real” Ispaniya chempionatida “Barselona”dan 19 ochko (bitta o‘yin kam o‘tkazgan) ortda bormoqda.

Shunisi aniqki, “Real” klubi kelasi mavsumdan boshlab, yangi futbolchilar bilan yana sovrinlar uchun kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar “PSJ”ga o‘tgan yilning avgust oyida 222 million yevro evaziga “Barselona”dan o‘tgan va dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “PSJ” prezidenti va’da berdi: Neymar “Real”ga o‘tadi