22:30 / 26.01.2018
5 350

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonovni yangi lavozim bilan tabrikladi

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonovni yangi lavozim bilan tabrikladi
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga prezident etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubini yo‘lladi.

Tabriknomada shunday deyilgan:

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti,
janob Umid Ahmadjonovga
Lozanna, 22 yanvar 2018 y.

Hurmatli prezident, 2018 yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga prezident etib saylanganingiz munosabati bilan Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi nomidan eng samimiy tilaklarimni izhor qilishga ijozat bergaysiz.

To‘rt yillik muddat siz uchun muvaffaqiyatli va omadli kelishiga tilakdoshman. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik davom etishiga ishonadi va buning uchun siz rahbar etib saylangan MOQ oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishida, uning kundalik faoliyati sizning ixtiyoringizda bo‘ladi.

Samimiy tilaklar bilan,
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Prezidenti
Tomas Bax.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FF prezidentligini tark etgan Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasiga prezident etib saylangani haqida xabar bergandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonovni yangi lavozim bilan tabrikladi