09:17 / 28.01.2018
4 377

La Liga. «Real» Valensiyada muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi

La Liga. «Real» Valensiyada muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi
Ispaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin Valensiyada o‘tkazildi.

Unda «Valensiya» Madridning «Real» klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘limda mehmonlar 2ta to‘p farqi bilan hisobda oldinga o‘tib oldilar. Har ikkala golni Krishtianu Ronaldu penaltidan urdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Ikkinchi bo‘limda «ko‘rshapalaklar» katta kuch bilan hujum uyushtirib, Santi Mina goli evaziga hisobni qisqartirdilar. Ammo Marseloning goli oradagi farqni yana tikladi. Kroos esa uzoq masofadan chiroyli va aniq zarba yo‘llab, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Ispaniya chempionati, 21-tur
Valensiya – Real Madrid - 1:4
27 yanvar, «Mestalya» stadioni
Gollar
: 0:1 – 16, penalti Ronaldu, 0:2 – 38, penalti Ronaldu, 1:2 – 58 Santi Mina, 1:3 – 84 Marselo, 1:4 – 89 Kroos.
Valensiya – Neto, Garay, Toni Lato (Pereyra, 77), Montoyya, Gayya, Koklen, Parexo, Gonsalu Gedesh (Soler, 46), Kondogbia, Santi Mina, Rodrigo (Dzadza, 75).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Modrich (Kovachich, 88), Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 69), Ronaldu, Benzema (Asensio, 78).
Ogohlantirishlar: Beyl (52), Gayya (60), Varan (63), Karvaxal (71), Parexo (87).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. «Real» Valensiyada muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi