17:30 / 29.01.2018
4 472

Sardor Rashidovga Fransiya klubi qiziqish bildirmoqda

Sardor Rashidovga Fransiya klubi qiziqish bildirmoqda
Hamyurtimiz Sardor Rashidovning BAAning "Al-Jazira" klubidagi holati qoniqarli emas. Futbolchi klub tarkibida kam ko‘rinish bermoqda. Shu sababdan Sardor Rashidov jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Bizga kelgan ma’lumotlarga qaraganda, Fransiyaning "Renn" jamoasi hamyurtimiz xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu klubni Sabri Lyamushi boshqarib boradi. Rashidov uchun Lyamushi begona emas. Ular Qatarning "Al-Jaish" jamoasida birga ishlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidovga Fransiya klubi qiziqish bildirmoqda