00:05 / 30.01.2018
3 835

Shota Arveladze: "Mavsumni g‘alaba bilan boshlashga urinamiz"

Шота Арвеладзе: "Мавсумни ғалаба билан бошлашга уринамиз"
"Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanida ishtirok etgan Shota Arveladze savollarga javob qaytardi.

Shota Arveladze ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Uchrashuv haqida fikr bildirishdan avval Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini, bu yo‘lda mehnat qilgan barcha insonlar va ishqibozlarni tabriklayman.

O‘yinga kelsak, bu bir bellashuvdan iborat to‘qnashuvdir. Ikkinchi imkoniyat berilmaydi. Maqsadimiz g‘alaba qozonish va bunga bor kuchimiz bilan intilamiz.

"Al-Garafa" bilan murabbiylik faoliyatimda to‘qnash kelmaganman. Ularda yaqinda murabbiy o‘zgardi, yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolandi. Raqibni imkon qadar o‘rganib chiqdik.

Futbolda har qanday holat sodir bo‘lishi mumkin. Raqibimiz o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Bu biz uchun mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuvga aylanadi. Bahsga hozirlik ko‘rish uchun tayyorgarlik jarayonini o‘tkazdik. Rasmiy o‘yinlar amaliyoti borligi "Garafa"ga kichik ustunlik berar, ammo biz mavsumni yangi kuch hamda g‘alaba bilan boshlash yo‘lida borimizni beramiz.

Tarkibimizda jarohat bo‘yicha muammo yo‘q. Kecha tunda Xitoydagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan futbolchilardan uch nafari Doxaga yetib kelishdi va safimizga qo‘shilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Mavsumni g‘alaba bilan boshlashga urinamiz"