13:22 / 30.01.2018
4 230

OChL. Bugun g‘olib nomi 90 daqiqada aniqlanmasa, nima bo‘ladi?

OChL. Bugun g‘olib nomi 90 daqiqada aniqlanmasa, nima bo‘ladi?
Xabaringiz bor, bugun OChL pley-off bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida “Iordaniya”ning “Al-Faysali” klubini qabul qilsa, “Paxtakor” safarda “Al-Garafa”ga qarshi bahs olib boradi.

Xo‘sh, agarda bir o‘yindan iborat mazkur qarama-qarshiliklarda asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmasa, unda nima bo‘ladi?

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, agarda, 90 daqiqada g‘olib nomi aniqlanmasa, ekstra taymlar bo‘lmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Al-Faysali” o‘yini 16.00, “Al-Garafa” – “Paxtakor” uchrashuvi esa 22.00 da start oladi.

Izoh: Vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL. Bugun g‘olib nomi 90 daqiqada aniqlanmasa, nima bo‘ladi?