10:32 / 02.02.2018
4 430

Superliga, futzal va ayollar o‘rtasidagi musobaqalar qur’asi tartibi

Superliga, futzal va ayollar o‘rtasidagi musobaqalar qur’asi tartibi
3 fevral kuni yangi mavsum Superliga bahslari uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Qur’a quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati-2018 qur’asi
1. Taqvim izchil ko‘rinishda tuzilgan bo‘lib, ikkinchi davra bahslari 1-turda o‘zaro o‘ynaydigan klublarning “uy” – “safar” tizimida o‘rin almashish ketma-ketligida boshlanadi va shunday davom ettiriladi.

2. O‘yinlar tartibi “Berger” tizimi bo‘yicha aniqlanadi.

3. Bir mintaqa klublari o‘z uy o‘yinlarini bir turda o‘tkazmasligini inobatga olish zarur: “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Qo‘qon-1912” – “Neftchi”, “Olmaliq” – “Metallurg”.

4. Agar bir mintaqada klublar soni 2tadan ko‘p bo‘lsa, u holda o‘yinlar bir kunga suriladi.

5. “Uy” – “safar” tartibida mos kelmaydigan juftliklar raqami 1-7; 2-8; 3-9; 4-10; 5-11; 6-12.

Qur’a tartibi:
Ishtirokchilar O‘zbekiston chempionati-2017 yakuniy jadvalidagi o‘rin bo‘yicha tuzilgan reyting asosidagi 12ta shardan iborat savatchadan o‘z raqamlarini tortishadi.

1. “Lokomotiv” o‘z raqamini tortadi, “Paxtakor” raqamini avtomatik tarzda oladi.
2. “Olmaliq” o‘z raqamini tortadi, “Metallurg” raqamini avtomatik tarzda oladi.
3. “Qo‘qon-1912” o‘z raqamini tortadi, “Neftchi” raqamini avtomatik tarzda oladi.
4. “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona” o‘z raqamlarini tortishadi.
5. Agar biror klub o‘zidan oldingi ishtirokchi tortgan raqamlardan birini tortsa, o‘sha raqam savatchadan olib tashlanadi va u klub boshqatdan yangi raqam tortadi.

Futzal.

Ushbu mavsumda Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Superligada ishtirok etuvchi 12ta klub futzal jamoalari ishtirok etadi.

O‘tkazilish tartibi: Ushbu mavsumda jamoalar har biri 11ta turdan iborat 2 davrali tizimda ishtirok etishadi. Yangi reglamentga ko‘ra, jamoalar ushbu mavsumda har bir turda o‘zaro 2tadan uchrashuv o‘tkazadi va mavsumda jami 44ta uchrashuvda maydonga tushadi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ushbu mavsumiga keyinroq qur’a tashlanadi.

Futzal jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi ushbu mavsumida Superliga klublaridan tashqari, shuningdek, Birinchi Liga klublari ham ishtirok etishlari mumkin. Ushbu mavsumda, jamoalar Kubok bahslarini birinchi bosqichda mintaqalarga bo‘lingan holda boshlashadi.

Ushbu bahslarga keyinroq qur’a tashlanadi.

Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati

Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati ushbu mavsumida Superliga klublari qoshidagi 12ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 12ta turdan iborat ikki davralik tizimda o‘zaro o‘ynaydilar.

Yangi mavsumda jamoalar mintaqalarga qarab juftliklarga ajratiladi va har turda boshqa mintaqadagi juftlik bilan o‘zaro almashgan holda bahs olib boradi. Juftliklar shuningdek, har bir davrada bir martadan o‘zaro bahs olib borishadi.

Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati ushbu mavsumiga keyinroq qur’a tashlanadi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga, futzal va ayollar o‘rtasidagi musobaqalar qur’asi tartibi