19:30 / 03.02.2018
5 162

Futzal, OCh. O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan avval chorak finalga chiqdi

Futzal, OCh. O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan avval chorak finalga chiqdi
Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati ikkinchi tur uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistonni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratganini bilasiz.

Guruhdagi ikkinchi juftlikda Yaponiya terma jamoasi Janubiy Koreyani 5:2 hisobida taslim etdi. Shu tariqa O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari muddatidan avval chorak finalga yo‘l olishdi.

5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 3-tur uchrashuvida O‘zbekiston Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin guruhda qaysi jamoa birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallashini aniqlab beradi.

Guruh g‘olibi chorak finalda «A» guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

«A» guruhida Xitoy Taypeyi, Malayziya, Bahrayn va Vetnam terma jamoalari joylashgan.2-turdan so‘ng musobaqa mezboni Xitoy Taypeyi 4 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 2-o‘rinda Malayziya terma jamoasi bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal, OCh. O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan avval chorak finalga chiqdi